«Napoli» sport direktori Romelu Lukakuni jazolash bilan tahdid qildi

«Napoli» sport direktori Jovanni Manna jamoaning belgiyalik markaziy hujumchisi Romelu Lukaku bilan bog'liq vaziyat yuzasidan fikr bildirdi.
«Biz Lukakuni jamoa ixtiyoriga qaytishini so'raganimizda, u qaytmaslikka qaror qildi. Futbolchi jarohatining darajasini baholash uchun Belgiyada qoldi. Klub doimo birinchi o'rinda bo'lishi kerak. Biz chora ko'ramiz», — deya «Napoli» vakilining so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
2025/2026 yilgi mavsumda belgiyalik hujumchi Neapol klubi safida bor-yo'g'i ettita o'yinda ishtirok etdi. Lukaku bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchi mavsumning katta qismini sog'lig'idagi muammolar tufayli o'tkazib yubordi.