"Napoli" sobiq murabbiyi: "Avstraliyada A Seriya o'yinlarini o'ynash - aql bovar qilmaydigan ahmoqlik"

Italiyaning "Napoli" klubining sobiq ustozi, 80 yillarda Diego Maradona porlagan klubni boshqargan Ottavio Byanki Italiya chempionati o'yinlarini xorijda, xususan, Avstraliyada o'tkazish g'oyasi haqida tanqidiy fikr bildirdi. U buni "g'ayritabiiy ahmoqlik" deb atadi.
"Bunaqa gaplarni eshitganimda kulgim qistaydi. Futbol pulning qo'lida qoldi. Bu bema'ni ahmoqlikni oqlaydigan hech qanday sabab yo'q, bu menga o'ta ahmoqona reklama nayrangi bo'lib tuyulmoqda," - deya Byankining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Italiyaning amaldagi chempioni aynan "Napoli" hisoblanadi.