Italiyaning amaldagi chempioni "Napoli" "Sevilya" o'ng qanot himoyachisi Xuanlu Sanchesni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, neapolliklar "Manchester Yunayted"dan Rasmus Xyoylundni ijaraga olishni yakunlaganidan so'ng Xuanlu bo'yicha Andalusiya klubiga 18 million evro taklif qiladi.

22 yoshli ispaniyalik futbolchi hozirda Transfermarkt portalida 12 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.