Italiya chempionatining yakshanba oqshomidagi markaziy o'yinida "Milan" 5-tur doirasida "Napoli"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Neapolliklar sardori Jovanni di Lorentso jamoasi bundan ko'prog'iga loyiq edi, deb hisoblamoqda.

"Ahmoqona ikkita gol o'tkazib yubordik. Ularni o'tkazmasligimiz mumkin edi. Durangga erishish mumkin edi, ammo buning uchun hujumlarning yakuniy bosqichlarida yaxshi harakat qilish kerak edi," - deya di Lorentso so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

A Seriyaning navbatdagi turida "Napoli" "Jenoa"ga qarshi bahs olib boradi.