«Napoli» himoyachisi Jovanni Di Lorentso tizzasidagi jarohatdan so'ng (ayrim manbalarda oyoq kafti operatsiyasidan keyin) to'liq tiklandi.

32 yoshli futbolchi neapolliklar tarkibida A Seriyaning navbatdagi turi doirasidagi «Komo»ga qarshi safar o'yini uchun etib keldi.

Di Lorentso oxirgi marta shu yilning 31 yanvarida Italiya chempionatidan o'rin olgan «Fiorentina»ga qarshi bahsda (2:1) maydonga tushgan va o'sha o'yinda jiddiy jarohat olgan edi. Uch oylik tanaffusdan so'ng jamoa sardori yana qaydnomga qaytdi.