"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Italiyadagi stadionlar muammosi haqida gapirdi.

"Napoli" stadioni - axlatxona. Men bu haqda Anchelotti davridayoq gapirganman.
"PSJ"ni olaylik: stadion ularga tegishli emas, ammo ulardan eksklyuziv tarzda foydalaniladi va ular yiliga 100 million evro maosh olishadi. Bu o'yindan ikki kun oldin stadionni olish va ertasi kuni uni toza holda qaytarish uchun munitsipalitetga to'lanadigan pul. 

Menimcha, echimlardan biri - atrofdagi erlardan uy-joy qurish uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo'lish, lekin bu bilan cheklanmaslik kerak. Bu orqali biz iqtisodiy samara olishimiz mumkin edi. Dunyo o'zgarmoqda: savdo markazlari bugun ham ish kunlarida bo'sh turibdi, odamlar onlayn xaridlarni amalga oshirmoqda. Ko'chmas mulkdan keladigan daromad bizga sarflangan mablag'larni qaytarish va moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish imkonini beradi.

Mening ideal stadionim 70 ming tomoshabinni sig'dirishi, 120 loja va 8 ming to'xtash joyiga ega bo'lishi kerak", - dedi De Laurentis.