Italiyaning "Napoli" klubi prezidenti Aurelio de Laurentis jamoaning Chempionlar ligasida "Benfika"dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Umumiy bosqich 6-turidan o'rin olgan uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi.

- Biz Konte bilan do'stmiz. Muvaffaqiyat har qanday odamni demotivatsiya qiladi, lekin uni emas! Jamoa har doim ham g'alaba qozona olmaydi. Garchi ko'pchilik unga ishonmay qo'ygan bo'lsa-da, Mourino ko'p narsani biladi. Shunday murabbiyning tanazzuli haqida qanday gapirish mumkin?" - deya funktsionerning so'zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.

Olti turdan so'ng "Napoli" umumiy turnir jadvalida ettita ochko bilan 23-o'rinda bormoqda. Chempionlar ligasining navbatdagi turida Konte shogirdlari "Kopengagen" mehmoni bo'ladi.