Alessandro Dzanoli "Napoli"dan "Udineze"ga o'tdi.

Udine klubi 24 yoshli himoyachini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olganini e'lon qildi.

Fabritsio Romanoning fikricha, futbolchining to'liq transferi "Udineze"ga 5 million evroga tushadi.

Dzanoli o'tgan mavsumni "Jenoa"da o'tkazdi.