"Napoli" mavsumdagi 5 o'yinning 4 tasida g'alaba qozondi.

Antonio Konte jamoasi kecha A Seriya 4-turida "Piza"ni (3:2) mag'lub etdi. Bungacha "Fiorentina" (3:1), "Kalyari" (1:0) va "Sassuolo" (2:0) klublari taslim etilgandi.

Italiya chempioni yagona mag'lubiyatni Chempionlar Ligasida "Manchester Siti"dan qabul qilib oldi - 0:2.

28 sentyabr kuni "Napoli" "Milan"ga qarshi maydonga tushadi.