Italiyaning «Napoli» klubi shotlandiyalik yarim himoyachi Skott Maktominay borasidagi rejalarini belgilab oldi. Bu haqda Calciomercato nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Neapolliklar joriy transfer oynasida futbolchi bilan xayrlashish niyatida emaslar. «Napoli» rahbarlari Maktominayga yangi mehnat shartnomasini taklif qilishni rejalashtirmoqda. 29 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan bo'lib, uning bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Italiya A Seriyasining yakunlangan mavsumida shotlandiyalik futbolchi 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U o'z hisobiga 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: Stadion.uz