«Napoli»ning 33 yoshli belgiyalik hujumchisi Romelu Lukaku yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, agar Neapol klubiga futbolchi uchun 10 million evro taklif qilinsa, uni qo'yib yuboradi. Ayni damda hujumchiga Turkiyaning ikki grand klubi — «Fenerbaxche» va «Beshiktosh» qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, Lukaku Italiya top-klubida mavsumiga 8 million evro maosh oladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

Yakunlangan mavsumda Lukaku barcha musobaqalarda bor-yo'g'i 7 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Hujumchi mavsumning katta qismini jarohat tufayli o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.

Manba: Stadion.uz