"Napoli" hujumchisi Lorentso Lukka Angliyaga ko'chib o'tishga yaqin.

Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Nottingem Forest" 25 yoshli futbolchi uchun kelishuvga erishdi.

"Forest" bo'yi ikki metrli italiyalik futbolchini 1 million evroga ijaraga olmoqda, 35 million evroga sotib olish imkoniyati mavjud.

Hujumchining boshqa ko'plab variantlari bo'lsa-da, "qizillar" unga eng qulay shartlarni taklif qilishdi.

Lorentso Lukka Antonio Konte jamoasi safida bu mavsumda 22 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi.