«Napoli»ning markaziy himoyachisi Rafa Marin yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

«Napoli» ispaniyalik futbolchini 2024 yilda «Real»dan 12 million evro evaziga sotib olgan edi. O'tgan yozda himoyachi «Vilyarreal»ga ijaraga yo'l oldi va yakunlangan mavsumni o'sha erda o'tkazdi.

Ispaniya klubi tarkibida Marin barcha turnirlarni hisobga olganda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va o'z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Xabar qilinishicha, ijara muddati yakunlangach, «Vilyarreal» 24 yoshli Marinni «Napoli»dan to'liq sotib olishi mumkin. Ayni paytda «Transfermarkt» ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 12 million evroni tashkil qilmoqda.

Manba: Stadion.uz