"Napoli" himoyachisi jarohat oldi

"Napoli" markaziy himoyachisi Alessandro Buondjorno bo'lajak o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Manbaga ko'ra, italiyalik futbolchi "Piza"ga qarshi o'yinda mushaklaridan jarohat olgan. Allessandroning bir oyga safdan chiqishi kutilmoqda.