Albaniyalik himoyachi Amir Rraxmani so'nggi yillarda Italiyaning "Napoli" klubi himoya ustunlaridan biriga aylandi va shu sababli klub rahbariyati u bilan shartnomani mamnuniyat bilan uzaytirmoqchi. Rraxmani bilan amaldagi kelishuv 2027 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.

Biroq, yangi kelishuv uzoq muddatli bo'lmaydi - rejaga ko'ra, u bir yilga, 2029 yilgacha uzaytirilishi mumkin. Himoyachining yangi maoshi ham ma'lum - bir mavsum uchun to'rt million evro, deya aniqlik kiritdi Tuttomercatoweb.

Eslatib o'tamiz, ayni damda "Napoli" Italiya A Seriyasi musobaqa jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.