«Napoli» himoyachini 15 million evroga sotib oladi

«Latsio» markaziy himoyachisi Mario Xila «Napoli»ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Alvaro fon Richetti xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, bitim summasi taxminan 15 million evroni tashkil etadi. Ta'kidlanishicha, bu summaning 50 foizi Madridning «Real» klubiga tegadi, chunki Xila 2022 yilda aynan shu jamoadan «Latsio»ga o'tgan edi.
O'tgan mavsumda 25 yoshli himoyachi A Seriya va Italiya Kubogida 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o'yinlarda u biror marta ham samarali harakat (gol yoki golli uzatma) qayd etmadi.
Xilaning «Latsio» bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 30 million evroga baholashmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar