«Napoli» futbolchisi o'z uyiga Maradonaning haykalini o'rnatdi (foto)

«Napoli» yarim himoyachisi Billi Gilmor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga o'z bog'ida neapolliklar afsonasi Diego Maradonaning bo'y barobaridagi haykalini o'rnatgani aks etgan videoni joylashtirdi. Ushbu san'at asarining muallifi Stefano Sesi hisoblanadi.

Avvalroq «Napoli»ning boshqa bir yarim himoyachisi — Skott Maktominey ham o'z hovlisiga Maradona haykalini o'rnatgan edi.

Eslatib o'tamiz, Maradona 1984 yildan 1991 yilgacha «Napoli» sharafini himoya qilgan. Neapolliklar tarkibida 258 ta o'yinda maydonga tushib, 115 ta gol urgan va 76 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Argentinalik yulduz klub bilan birgalikda ikki bor Seriya A chempionligini, Italiya Kubogi, UEFA Kubogi va Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan.