Antonio Konte uchun so'nggi muvaffaqiyatsizliklardan keyingi yana bir noxush yangilik. "Napoli"ning etakchi yarim himoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissa Kamerun termasi mashg'ulotlarida jarohat oldi. U oyoq paylarini cho'zib olgan.

Eslatib o'tamiz, afrikalik futbolchi bu yil Italiya chempionatida to'rtta gol urdi, shuningdek, A Seriyada oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eslatib o'tamiz, Andre-Frank Zambo-Angissa "Napoli" safida 2021 yildan buyon to'p tepib kelmoqda.