«Napoli» klubida bosh murabbiy Antonio Kontening kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Agar italiyalik mutaxassis mavsum yakunida jamoani tark etishga qaror qilsa, klub rahbariyati allaqachon ikkita asosiy nomzodni belgilab qo'ygan.

Insayderlarning xabariga ko'ra, Neapolga «eski tanish» Mauritsio Sarri qaytishi yoki «Chelsi»ni tark etgan Entso Mareska ish boshlashi mumkin.

Hammasi Antonio Kontening yakuniy qaroriga bog'liq. Klub prezidenti Aurelio De Laurentis va Konte o'rtasidagi hal qiluvchi uchrashuv may oyiga rejalashtirilgan.