«Napoli» klubi Massimiliano Allegrini 7 kundan 10 kungacha kutishga tayyor, chunki mutaxassis bilan shartnoma imzolash bo'yicha allaqachon kelishuvga erishilgan.

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis murabbiyga «Milan» bilan tovon puli (shartnomani bekor qilganlik uchun beriladigan kompensatsiya) borasida kelishib olishi uchun aynan shuncha vaqt ajratdi. Agar belgilangan muddat ichida masala hal bo'lmasa, neapolitanliklar bosh murabbiylik posti uchun boshqa nomzodlar bilan muzokaralarga kirishadi, deb xabar bermoqda «Calcio Mercato» nashri.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Allegri «rossonerilar» rahbariyatidan o'zi uchun 2 million evro va shtabi (yordamchilari) uchun 3 million evro talab qilayotgani, biroq klub bu talablarni bajarishga tayyor emasligi xabar qilingan edi. «Napoli» esa Allegriga mavsum uchun 4,5 million evro maosh to'lashga tayyor.