«Napoli» klubi ketgan Antonio Konte o'rniga yangi bosh murabbiy tayinlash bo'yicha hal qiluvchi qadamni tashlashga tayyor. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio sayti xabar bermoqda.

Muzokaralar ijobiy yakunlangach, klub rahbariyati bor e'tiborini Massimiliano Allegri nomzodiga qaratishga qaror qildi. Yaqin soatlarda tomonlar shartnomaning barcha detallarini kelishib olishi kutilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, gap ikki yillik bitim haqida ketmoqda.

Vinchentso Italyano hamon nomzodlar ro'yxatida qolmoqda, biroq uning imkoniyatlari deyarli yo'q. Yaqindagina Italyano «Bolonya» bilan shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilgan edi. Eslatib o'tamiz, Allegri «Milan» Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmaganidan so'ng iste'foga chiqarilgan edi.