Alisson Santos "Sporting"dan "Napoli"ga o'tdi.

Neapol klubi 23 yoshli vingerni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olganini e'lon qildi. Avvalroq, italiyaliklar futbolchining ijarasi uchun 3 million evro to'lashi, to'liq transfer esa 15 mln evroga tushishi xabar qilingandi.

Portugaliya chempionatining joriy mavsumida Alisson 17 ta o'yinda maydonga tushib, o'rtacha 10 daqiqa harakat qildi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.