"Sporting" vingeri Alisson Santos "Napoli"ga o'tishga yaqin turibdi.

Klublar 23 yoshli futbolchini 3 million evroga ijarasi va 15 million evroga sotib olish bo'yicha kelishib oldi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.

Endi bitim taqdiri neapolliklarning yakuniy qaroriga bog'liq. U tez orada qabul qilinishi kutilmoqda.

Portugaliya chempionatining joriy mavsumida Alisson 17 ta o'yinda maydonga tushib, o'rtacha 10 daqiqa harakat qildi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.