"Nant" bosh murabbiyi Luis Manuel Kashtru klubni tark etdi.

Frantsiya klubi 45 yoshli mutaxassisning iste'fosini e'lon qildi. Ahmed Kantari mavsum oxirigacha bu klubga murabbiylik qiladi.

Portugaliyalik murabbiy iyul oyidan beri "Nant"ni boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 15 ta o'yin o'tkazib, ikkitasida g'alaba qozongan, beshtasida durang o'ynagan va sakkiztasida mag'lub bo'lgan.