"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Luish Nani mankunianliklarning sobiq ustozi Aleks Fergyuson haqida fikr bildirdi.

"U etakchi edi va u talab qilgan hamma narsani bajarishimiz kerak edi. "MYu"dagi g'oliblar madaniyatini u qurgan. U klubda xo'jayin edi. Hech qachon yutqazishni istamagan va yoqtirmagan ajoyib inson," - dedi Nani.

Shotlandiyalik mutaxassis qo'l ostida "qizil iblislar" 13 marta Angliya chempionatining oltin medalini qo'lga kiritgan va ikki marta Chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritgan.