Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoa hujumchisi Kay Xavertsga yuzlandi.

«Maydonda sen ajoyibsan. Sen biz uchun juda muhimsan. Salomatligingni asra, bor e'tiboringni qarat va nimalarga qodirligingni ko'rsat. Senda bizga kerak bo'lgan yuqori darajali to'purar uchun zarur bo'lgan barcha xislatlar bor», — deya Nagelsmannning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Florian Plettenberg.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Nagelsmann aynan Xavertsni Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasining asosiy hujumchisi sifatida ishlatishni rejalashtirmoqda.

2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanib, 19 iyulgacha davom etadi. Germaniya terma jamoasi «E» guruhida Kot-d'Ivuar, Kyurasao va Ekvador bilan birga kurash olib boradi.