Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Arsenal"ning germaniyalik hujumchisi Kay Xavertsning holati haqida fikr bildirdi.

- Kayda jarohatning kichik retsidivi bo'lgan, ammo umuman olganda u o'zini yaxshi his qilmoqda. U yil oxirigacha qaytishi kutilmoqda," - deya Nagelsmanning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Joriy mavsumda 26 yoshli germaniyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining faqat bitta o'yinida qatnashdi.