Nagelsmann mashg'ulotlardan tashqari vaqtda futbolchilar bilan deyarli muloqot qilmayapti

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann mashg'ulotlar jarayonidan tashqarida futbolchilar bilan deyarli gaplashmayapti. Bu haqda Bild nashriga tayanib Daily Mail xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchilar mutaxassisning o'yinlar oldidan ularni «mavhumlikda ushlab turgani»dan xavotir bildirishgan. Nagelsmann matbuot anjumanida JCh-2026 doirasidagi Ekvadorga qarshi uchrashuv (1:2) uchun tarkibga faqatgina kichik o'zgartirishlar kiritishini aytganda, jamoa a'zolari bundan hayratda qolishgan.
Gap shundaki, o'yin oldidan o'tkazilgan so'nggi mashg'ulotda Nagelsmann Florian Virtts, Leroy Sane va Maksimilian Bayerdan iborat hujum uchligini sinab ko'rgan edi, biroq uchrashuvning start tarkibida Bayerning o'rniga Jamal Musialani maydonga tushirdi.
Ekvadordan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, Nagelsmann futbolchilarga jamoadagi «har bir ijrochiga imkoniyat» bermoqchi bo'lganini aytgan.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatining 1/16 finalida Germaniya terma jamoasi Paragvayga qarshi bahs olib boradi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar