Nagelsmann Kimmixni yarim himoyaga qaytarish-qaytarmasligi haqidagi savolga javob berdi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCh-2026 guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan Ekvadorga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan (1:2) so'ng, Yozua Kimmixning maydondagi pozitsiyasi haqida gapirdi.
"Bavariya" xavbeki ushbu bahsda uchta markaziy himoyachidan biri sifatida maydonga tushdi. Bundan avval "Bundestim" ustozi Myunxen klubi yulduzidan mudofaaning o'ng qanotida foydalanayotgan edi. Jurnalistlar murabbiydan Kimmixni o'zining asosiy pozitsiyasi — yarim himoyaga qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqyaptimi-yo'qmi, deb so'rashdi.
"Bunday holatda men Pavlovichni zaxiraga o'tkazishim kerak, to'g'rimi? Menimcha, Aleks xuddi Nmecha kabi ishini a'lo darajada bajarmoqda. O'z so'zlarimni faqat takrorlashim mumkin: Yozua Evro-2024 o'yinlarida himoyada ajoyib o'ynadi va barcha asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha etakchi bo'ldi. Men tarkibdan Pavlovichni ham, Nmechani ham olib tashlamoqchi emasman — bu mening rejalarimga kirmaydi", — deya jurnalist Patrik Berger Nagelsmannning so'zlarini keltiradi.
Germaniya terma jamoasi mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, guruhdan birinchi o'rin bilan 1/16 finalga yo'l oldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar