Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Leroy Saneni asosiy tarkibdan chetlatish niyati yo'qligini ma'lum qildi.

«Galatasaroy»ning 30 yoshli vingeri JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Kyurasaoga qarshi uchrashuvdagi yirik g'alabaga (7:1) qaramay, qattiq tanqidlarga uchragan edi.

«Leroy mashg'ulotlarda o'zini yaxshi ko'rsatdi. Men jamoatchilik fikrining bosimi ostida qaror qabul qiladiganlar toifasidan emasman. Saneni asosiy tarkibdan tushirib qoldirish uchun biron bir sabab ko'rmayapman», — dedi Nagelsmann matbuot anjumanida.

Manba: Stadion.uz