Nagelsmann "Galatasaroy"ga o'tgan Saneni terma jamoaga chaqirmadi

Yulian Nagelsmann Leroy Saneni Germaniya terma jamoasiga chaqirmadi.
Bu yozda vinger "Bavariya"dan "Galatasaroy"ga o'tdi. Turkiya chempionatida 29 yoshli futbolchi hozircha bitta gol va bitta samarali pasga ega.
"Endi u Bundesliga va Evropaning boshqa top-chempionatlaridan kuchsizroq ligada o'ynamoqda. U shunchaki ko'proq o'zini ko'rsatishi kerak.
U so'nggi o'yinda gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi, ammo o'yinni kuchaytirish uchun unga vaqt kerak. Men undan mo''jiza kutmagan edim.
Leroy bilan ko'p gaplashdim. U Angliyada ham, Ispaniyada ham, Germaniyada ham, Frantsiyada ham, Italiyada ham o'ynamaydi, shuning uchun men undan ma'lum bir statistikani kutaman. Agar u buni ko'rsatsa, terma jamoaga nomzod bo'lib qolaveradi," - dedi Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.