Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman JCh-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Paragvay jamoasiga qarshi bo'lajak uchrashuvdan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Guruh bosqichida Paragvay ishonchli o'ynadi — gollar o'tkazib yubordi, ammo shu bilan birga nimalarga qodirligini ko'rsatdi. Bu jismonan juda kuchli va noqulay jamoa. Ularning uslubi — himoyaviy futbol va ular buni yaxshi amalga oshirishmoqda. Hujumda maksimal darajada oddiy va to'g'ri harakat qilishadi. Biz vaziyatlar yaratishga va gol urishga harakat qilishimiz, raqib darvozasi oldida iloji boricha sovuqqon bo'lishimiz va to'pni yo'qotmasligimiz kerak. Agar bunga erisha olsak, o'ylaymanki, yaxshi o'yin ko'rsatib, keyingi bosqichga yo'l olamiz», — deya Nagelsmanning so'zlarini keltiradi ijtimoiy tarmoqdagi Bayern & Germany sahifasi.

Futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tmoqda.

Manba: Stadion.uz