Nagelsman: «Kimgadir nimanidir isbotlashga majburman deb hisoblamayman»

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman o'zining sha'niga aytilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Mutaxassis JCh-2026 guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan va nemis jamoasining 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan Ekvadorga qarshi o'yindan so'ng tanqidlar ostida qolgan edi.
«Hamma gap jamoa va muvaffaqiyatda. Jamoa ichidagi mavjud bo'lgan o'sha yaxshi muhitni maydonga ko'chirish muhim. Men nimanidir tushuntirib berishim kerakligini his qilmayapman — mening vazifam futbolchilarga yordam berish va ularni o'yinga tayyorlashdan iborat. Kimgadir nimanidir isbotlashga majburman deb hisoblamayman», — deya Nagelsmanning so'zlarini keltiradi ijtimoiy tarmoqdagi Bayern & Germany sahifasi.
JCh-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Paragvay jamoasiga qarshi uchrashuv, 30 iyun kuni bo'lib o'tadi. O'yin boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 01:30 ga rejalashtirilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar