Nagelsman Germaniya terma jamoasidan ketsa, qancha tovon puli olishi ma'lum bo'ldi — AS

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) rahbariyati va Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman o'zaro kelishuvga erishdi. Unga ko'ra, mutaxassis o'z xohishi bilan lavozimini tark etgan taqdirda 7 million evro miqdorida tovon puli oladi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Germaniya futbol ittifoqi rahbariyati Nagelsmanni ixtiyoriy ravishda iste'foga chiqishga ko'ndirishga urinmoqda. Ular bu qaror murabbiyning obro'siga ijobiy ta'sir ko'rsatishini ta'kidlamoqda. Shu bilan birga, moliyaviy masala ham muhim omil bo'lib qolmoqda. Agar Nagelsman ishdan bo'shatilsa, u taxminan 14 million evro tovon puli olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalida Paragvayga asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang o'ynab, penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar