"MYu" yangi mavsumning 5 o'yinida 1 ta g'alabaga erishdi

"Manchester Yunayted" mavsum boshidan buyon atigi bir marta g'alaba qozondi.
Ruben Amorim murabbiyligidagi jamoa bugun APLda "Manchester Siti"ga yirik hisobda engildi - 0:3.
Avvalroq mankunianliklar "Arsenal"ga yutqazgan (0:1), penaltilar seriyasidan so'ng "Grimsbi" ularni Liga Kubogidan chiqarib yuborgan, "Fulxem" bilan durang o'ynagan (1:1) va "Byornli"ni mag'lub etgandi (3:2).
20 sentyabr kuni "MYu" "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.