"Manchester Yunayted" xo'jayinlari jamoa tarkibini kuchaytirish uchun yangi transferlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. TBR Football xabariga ko'ra, mankunianliklar ikki pozitsiyani kuchaytirishmoqchi.

"Qizil iblislar" yangi o'ng qanot himoyachisi va tayanch yarim himoyachisi qidirmoqda. Klub rahbariyati hamon portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorimga ishonmoqda va unga tarkibni kuchaytirishda yordam berishga tayyor.

Angliya Premer-ligasining 7 turidan so'ng "Manchester Yunayted" o'n ochko jamg'arib, turnir jadvalida o'ninchi o'rinda bormoqda. Amorim shogirdlari peshqadam Londonning "Arsenal" klubidan 6 ochko ortda qolmoqda.