"MYu" Tchuameni uchun "Real"ga 80 million evro taklif qilmoqchi

"Manchester Yunayted" "Real Madrid" yarim himoyachisi Aurelien Tchuameni bilan shartnoma imzolashni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o'zining X ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar bergan.
Ingliz klubi futbolchi uchun "Los Blankos"ga 80 million evro taklif qilishga tayyor va "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik yarim himoyachini sotib olishni asosiy ustuvor vazifa deb biladi.
O'tgan mavsumda Tchuameni "Real Madrid" safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va ikkita golli uzatma bergan. Transfermarkt portalida uning transfer qiymati 75 million evroni tashkil qiladi. Tchuameni Ispaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.