"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida "Sporting" sardori va tayanch yarim himoyachisi Morten Yulmandni qo'lga kiritishga bir necha bor harakat qilib ko'rdi, deya xabar berdi Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, portugal grandi jamoaning boshqa bir etakchisi Viktor Dyokeresh sotuvidan so'ng yozda yana bir etakchisini qo'yib yuborishni rad etdi va bu borada har qanday taklifni ko'rib chiqmasligini ma'lum qildi.

26 yoshli daniyalikning Transfermarkt portalidagi bahosi 50 million evro. Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.