"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sanchoni "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines bilan to'g'ridan-to'g'ri almashishni taklif qilgan edi.

Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ikkala tomon ham o'z futbolchisini 25 million funtga baholamoqda.

Biroq, Sancha "Villa" safiga doimiy emas, balki faqat ijaraga o'tishni istagan. Shu sababli, bitim amalga oshmay qolgan.