«MYu» Reshfordni 40 mln funtga sotishga tayyor

«Manchester Yunayted» klubi Markus Reshfordni 40 million funt sterlingga sotishga tayyor, deb xabar bermoqda ESPN.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «MYu» 28 yoshli hujumchini APLning boshqa klubiga qo'yib yuborishga rozi, biroq uni «Liverpul» yoki «Manchester Siti»ga sotish ehtimolini butunlay inkor etmoqda — ushbu klublar uchun so'ralayotgan mazkur mablag' amal qilmaydi. Qayd etilishicha, Reshfordning o'zi 2028 yilgacha amal qiladigan shartnomasi yakuniga qadar «Manchester Yunayted»da qolishni afzal ko'rmoqda.
Bundan oldinroq, Reshford o'tgan mavsumni ijara asosida o'tkazgan «Barselona» klubi hujumchini 30 mln evroga sotib olish huquqidan foydalanishdan bosh tortgan edi.