"Barselona" o'z safida ijarada harakat qilayotgan Markus Reshfordni to'liq sotib olmoqchi.

El Nacional xabariga ko'ra, mankunianliklar Reshfordning to'liq transferi uchun "ko'k-anorranglilar"dan Mark Kasado va qo'shimcha 10 million evro pul so'ragan. Kataloniyaliklarning bu boradagi pozitsiyasi hozircha noma'lum.

28 yoshli Reshford joriy mavsumda jami 38 ta o'yinda 10 ta gol urib, 13 ta assist muallifi bo'ldi.