"Manchester Yunayted" oktyabr oyi oxiridan beri ilk bor g'alaba qozondi.

Ruben Amorim jamoasi APL 13-turida "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi (2:1).

Bu mankunianliklarning 25 oktyabrdan buyon ilk g'alabasi bo'ldi - o'shanda ular "Brayton"ni mag'lub etishgandi (4:2).

Shundan so'ng "Nottingem Forest" (2:2) va "Tottenxem" (2:2) bilan ikki durang, "Everton"ga (0:1) mag'lubiyat qayd etildi.

4 dekabr kuni "MYu" Premer-liganing 14-turida "Vest Xem"ni qabul qiladi.