"Manchester Yunayted" Angliyaning to'rtinchi divizioni jamoasiga mag'lub bo'ldi.

Ruben Amorim bosh murabbiyligidagi jamoa Angliya Liga kubogi 2-raundida "Grimsbi Taun"ga (2:3, penalti) imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Mankunianliklar turnir doirasida ilk bor Angliya to'rtinchi divizioni jamoasidan mag'lub bo'ldi.

Joriy mavsumda "Manchester Yunayted" uchta o'yinning birortasida ham g'alaba qozona olgani yo'q (1 durang, 2 mag'lubiyat).