"Manchester Yunayted" forvardi Benyamin Sheshko yangi klubi safida hozircha gol ura olmayapti.

"MYu"ga bonuslar bilan birga 85 million evroga tushgan forvard APLning 5-turidan o'rin olgan "Chelsi"ga (2:1) qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo birinchi bo'limdan keyinoq almashtirildi. Shu tariqa, Angliya chempionatining dastlabki 6 o'yinida futbolchi na gol urdi, na golli pas berdi.

Shov-shuvli transferga qaramay, forvard hozircha hujumda o'zini ko'rsata olmadi. Uning jamoasi 7 ochko bilan APLda to'qqizinchi o'rinda bormoqda.