"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Eyden Xeven jamoa joriy mavsumda nimalarga intilishi kerakligi haqida gapirdi.

"Nyukasl" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) "qizil iblislar"ni beshinchi o'ringa olib chiqdi, ammo raqiblar hali o'z o'yinlarini o'tkazishmadi.

"Manchester Yunayted" evrokuboklarda o'ynashi kerak - biz kelasi mavsumda u erga qaytmoqchimiz. Biz to'rtlik uchun kurashishga qodirmiz - hatto chempionlik uchun ham. Hamma narsa mumkin. Shunchaki harakat qilishda davom etish kerak," - dedi 19 yoshli Xeven o'yindan keyingi Sky’ga bergan intervyusida.

Ruben Amorim jamoasi keyingi turda o'z uyida "Vulverxempton"ni qabul qiladi. "Bo'rilar" bilan uchrashuv 30 dekabr kuni bo'lib o'tadi.