«Manchester Yunayted» oxirgi to'rtta o'yinda faqat bir bor g'alaba qozondi.

Bugun «MYu» APL 32-turi doirasidagi o'z uyida kechgan bahsda «Lids»ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

Maykl Kerrik jamoasi so'nggi to'rt uchrashuvdagi yagona g'alabasini «Aston Villa» (3:1) ustidan qozongan. Shuningdek, ushbu davr mobaynida jamoa «Nyukasl»ga (1:2) yutqazdi va «Bornmut» bilan durang (2:2) o'ynadi.

Mavsum yakunlanishiga 6 tur qolganda «MYu» 55 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. 18 aprel kuni mankunianliklar safarda «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadilar.