«MYu» «Kristal Pelas» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin.
Frantsiyalik futbolchi shu qishda «Milan»ga o'tishga juda yaqin edi, biroq tibbiy ko'rikdan o'ta olmagani sababli kelishuv bekor qilindi. Daily Mirror nashriga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, hozirda «Manchester Yunayted» 28 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Taxminlarga ko'ra, yozda hujumchini arzonroq narxda qo'lga kiritish mumkin bo'ladi, chunki uning «burgutlar» bilan shartnomasi 2027 yil o'rtalarida yakuniga etadi.
Transfermarkt portali ekspertlari Jan-Filipp Matetaning narxini 40 million evroga baholamoqda.