"Manchester Yunayted" to'rtta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti.

Bugun Ruben Amorim shogirdlari Premer-liganing 10-turida “Nottingem Forest” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. "Mankunianliklar" avvalroq "Sanderlend" (2:0), "Liverpul" (2:1) va "Brayton" (4:2) klublarini mag'lub etishgan.

Ayni damda “Manchester Yunayted” 17 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.