"MYu" himoyachisi o'tkazgan o'yinidan xursand

Angliya Premer-ligasining o'n sakkizinchi turi boshlandi, "Manchester Yunayted" o'z uyida "Nyukasl Yunayted"ni mag'lub etdi.
"Manchester Yunayted" himoyachisi Eydan Xeven o'yin haqida fikr bildirdi.
U o'zining asosiy maqsadiga - klubga darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga yordam berganidan xursand.
"Biz anchadan beri darvozamiz daxlsizligini saqlab qola olmayotgan edik va nihoyat bunga erishganimdan xursandman.
Biz Evropa musobaqalariga chiqish uchun kurashishimiz kerak", – dedi himoyachi.