"Manchester Yunayted" hujumchisi Benjamin Sheshko golsiz seriyani 8ta o'yinga etkazdi.

22 yoshli sloveniyalik APL 19-turidan o'rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi uy uchrashuvini to'liq o'tkazdi va gol ura olmadi.

Sheshko ketma-ket 8 ta o'yinda gol urmayapti (milliy jamoa o'yinlarini hisobga olganda - 10) va bu oraliqda atigi 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi - "Brayton"ga qarshi o'yinda (4:2).

Benjamin "MYu" safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi (sentyabr oyi oxiri va oktyabr oyi boshida) va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "RB Leyptsig"dan 85 million evroga sotib olingan edi.